Joriy yilning 3 iyun kunidan 4 iyun kuniga o`tar kechasi soat taxminan 23:20larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan "Samarqand" YPXida "Buxoro-Toshkent" yo`nalishi bo`ylab kelayotgan Buxoro viloyati, Peshku tumanida yashovchi 1983 yilda tug`ilgan N.H. boshqaruvidagi "Lasetti" tekshirilganda, avtomobil yukxonasida 105 kg noma`lum yirik shohli qoramol go`shtini veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta`minlash bo`linmasi ma`lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Eng achinarlisi bu kabi holatlar uzluksiz ravishda reyd tadbirlari olib borilishiga qaramasdan qonun buzilish holatlari hanuzga qadar aniqlanib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 4 iyun kunidan 5 iyun kuniga o`tar kechasi soat 00:25 larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan "Samarqand" YPXida "Buxoro-Toshkent" yo`nalishi bo`ylab kelayotgan Buxoro viloyati, Peshku tumanida yashovchi 1998 yilda tug`ilgan O.A. boshqaruvidagi "ISUZU" tekshirilganda, avtomobilda 160 kg noma`lum yirik shohli qoramol go`shti, 200 dona yirik shohli qoramolning kallalari hamda 12 ta qopda 1.500 kg. bo`lgan tovuq go`shtlari jami 3 tonnaga yaqin mahsulotlarni olib ketayotganligi aniqlangan.
Ushbu olib ketilayotgan mahsulotlarning sifatiga aniqlik kiritish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda mas`ul xodimlar tomonidan tekshirilganda, fuqaro ushbu go`sht mahsulotlarini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tushuntirish ishlari olib borildi.






