Sirdaryo viloyatida “Yoshlar” va “Ayollar” daftariga kiritilgan ishsiz shaxslar bandligiga ko`maklashish maqsadida “Bo`sh ish o`rinlari” mehnat yarmarkasi o`tkazildi. Bu haqda Mehnat vazirligi xabar berdi.
️Unda 49 ta korxona va tashkilotlar o`zlaridagi mavjud 1782 ta bo`sh (vakant) ish o`rinlari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda 978 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan 146 nafariga (62 nafari “Ayollar” va 49 nafar “Yoshlar” daftaridan) Aholi bandligiga ko`maklashish markazlari tomonidan quyidagi xizmatlar ko`rsatildi:
- doimiy ishga joylashtirish bo`yicha 65 nafar fuqarolarga korxona va tashkilotlardagi bo`sh ish o`rinlariga yo`llanmalar berildi;
- 4 nafar ishsiz shaxslar kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash uchun qisqa muddatli o`quv kurslariga jalb etildi;
- 44 nafar fuqaro haq to`lanadigan jamoat ishlariga yo`naltirildi;
- Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi mablag`lari hisobidan subsidiya ajratish bo`yicha 23 nafar fuqaro ro`yxatga olindi.