Jizzax viloyati Mirzacho`l tumanida mast erkak xotinini bo`g`ib, o`ldirdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, tumanning Mustaqillik mahallasida yashovchi erkak uyiga mast holda kelgan. Ichkilik sabab kelib chiqqan janjalda er xotinining bosh, yuz, bo`yin, qorin va tanasining boshqa qismalriga urgan. Shuningdek, bo`yin sohasidan bo`g`ib, tan jarohat etkazgan. Oqibatda marhuma olgan jarohatlari va qovurg`alari sinishi, bo`yin a`zolarining qo`l bilan siqilishi oqibatida voqea joyida halok bo`lgan.
Mahallaning xotin-qizlar masalalari bo`yicha maslahatchisining ta`kidlashicha, ayolning xolasi telefoni orqali mahalla raisi, profilaktika inspektori birgalikda ularning uyiga borgan.
«Bizni eri qarshi oldi. Ayol qo`lida bolasini ko`tarib, kulib chiqdi. Undan uyingizda janjal bo`layotgan ekan, deganimizda ‘Yo`q, janjal bo`layotgani yo`q. Yaxshi yashayapmiz. Baxtlimanʼ, deb aytdi»,— degan mahalla xodimi.






