AsosiyJamiyat

O`zbekistonda to`lovlarning yagona internet-portali yaratiladi

Umumrespublika yagona prosessing markazi to`lovlarning yagona internet-portalini yaratadi.

Portal O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2016-2018 yillarda O`zbekiston respublikasida elektron savdo konsepsiyasini amalga oshirishni rivojlantirish” haqidagi  2015 yil 4 dekabridagi 353-sonli qaroriga asosan yaratiladi. 

Yangi portalda elektron tijorat tizimida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida savdo va marketing platformalari, to`lov tizimi takomillashgan internet-magazinlar yaratish ko`zda tutilgan. 

O`zbekiston Uzcard milliy to`lov tizimining saytida xabar berilishicha, bu yangi Portal elektron savdo ishtirokchilari — sotuvchi va xaridor o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, to`lov bahosini kamaytiradi.

    Boshqa yangiliklar