Ijtimoiy tarmoqlarda "Bozorlardan birida ayol kishi bir necha erkak tomonidan ayovsiz tahqirlandi" nomi ostida tarqalgan videotasvir yuzasidan IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra joriy yilning 5 iyun kuni Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, spirtli ichimlikka ruju qo`ygan va janjalkash shaxs sifatida tuman IIBning profilaktik hisobida turuvchi G.T. Chortoq tumaniga mast holda borib, Chortoq shahar avtoshoh bekatida hech qanday sababsiz janjal ko`targan va hududdagi do`kon va boshqa ob`ektlarning oynalarini sindirib, do`konlarga ziyon, o`ziga esa tan jarohati etkazgan.
Shu erda ishlovchi somsapazning idishlarini ham sindirib tashlagandan so`ng, somsapaz 1988 yilda tug`ilgan X.Yu. ayolga bu erdan ketishini tushuntirgan, biroq ayol spirtli ichimlik talab qilib, janjal ko`tarishda davom etgan.
Shundan so`ng X.Yu. ayolning sochidan tortib, uni bekatdan tashqariga olib chiqish uchun sudragan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fuqaro X.Yu. esa vaqtincha ma`muriy tartibda ushlangan.
Surishtiruv ishlari yakuniga etgach holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.