“Chorvoqda fuqarolar o`rtasida janjal chiqdi” izohi bilan tarqatilgan xabar yuzasidan IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Chorvoqda fuqarolar o`rtasida janjal, ommaviy mushtlashuv” kabi izohlar bilan video xabar tarqatildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB quyidagilarni ma`lum qiladi.
Mazkur hodisa tasvirga tushirilgan joy Bo`stonliq tumani “Novobod” MFY hududidagi “Piramida -Chorbog` oromg`ohi” sohili bo`lib, sohilda dam olish 2021 yil 3 iyun kunidan rasmiy ochilgan. Shu vaqt oralig`ida bu kabi hodisa ro`y bermagan va IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan.
Aniqlanishicha, tasvirga olingan holat 2018-2019 yil oralig`ida sodir bo`lgan bo`lishi mumkin. Bunga sabab hozirda ushbu sohilning suvi va ko`rinishi hamda uning atrofidagi muhit va boshqa jarayonlar o`zgarganligi misol.
Hozirda mazkur holatning kelib chiqish sababi va holat ishtirokchilarini aniqlash yuzasidan Bo`stonliq tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.