Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining beshta hududida barcha iste`molchilarga qariyb 2 sutka tabiiy gaz berish to`xtatilishi haqida xabar berilgandi.
Ma`lum qilinishicha, «Uztransgaz» AJ Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasining 2021 yil 1 iyundagi xatiga asosan «Hududgaz Qashqadaryo» GTF Yakkabog` magistral gaz quvuri tarmog`ining 4, 5, 6 va 7 kilometrlarida gaz quvurining texnik nuqsonli qismlarini almashtiradi.
Shunga ko`ra, bugun, 7 iyun soat 06:00dan 8 iyun soat 18:00ga qadar Shahrisabz shahri, Chiroqchi, Yakkabog`, Shahrisabz va Kitob tumanlaridagi avtomobillarga «Metan» gaz quyish shaxobchalarida ham gaz bo`lmaydi.






