Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shtepa tumani ichki ishlar bo`limida yosh yigit qo`lini kesganligi haqidagi xabar tarqaldi.
Holat yuzasidan Farg`ona viloyat prokuraturasining ma`lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Qo`shtepa tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, sodir etilgan talonchilik jinoyati bo`yicha ushlangan M.I. 02.06.2021 yilda tergov harakatlari o`tkazish uchun tuman IIBga olib kelinib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llash masalasini ko`rib chiqish uchun sudga olib ketilayotgan vaqtda qo`l bilak sohasini kesib, o`ziga jarohat etkazgan.
Tekshiruv harakatlari davom etmoqda.






