Yakkasaroy tumanida Toshkent davlat yuridik Universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Yakkasaroy tumani bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini o`zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
Hurmatli ota-onalar va abiturientlar, amaldagi qonunchilikka ko`ra, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam ball to`plagan abiturientlarga ham oshirilgan to`lov-kontrakt to`lovini to`lash sharti bilan o`qishga kirish imkoniyati yaratilgan.
Agarda o`qishga kirish uchun etarli ball to`play olmagan bo`lsangiz, oliy ta`lim muassasasiga murojaat qilishingizni so`raymiz.
Kirish imtihonlari bo`yicha boshqa imtiyozlar haqida shu erda batafsil tanishishingiz mumkin.






