AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan xavflilik darajasi yuqori bo`lmagan mahsulotlarning muvofiqligi deklarasiyalash orqali baholanadi

'1 sentyabrdan xavflilik darajasi yuqori bo`lmagan mahsulotlarning muvofiqligi deklarasiyalash orqali baholanadi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Prezident Qaroriga muvofiq  Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O`zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga quyidagi qo`shimcha vakolatlar berildi:

  • ️mutasaddi idoralar tomonidan xalqaro standartlar va texnik reglamentlarning jadal joriy etilishini muvofiqlashtirib borish;

 

  • mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarni buzganlikda aybdor bo`lgan tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), sotuvchilar va ijrochilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo`llash bo`yicha sudga murojaat qilish;

 

  • korxonalarda texnik reglament va standartlar talablariga rioya etmaganlik uchun korxona va tarmoq rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;

 

  • texnik reglamentlar, standartlar va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar to`g`risidagi ma`lumotlarni umumlashtirish va reestrini yuritish.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab ayrim turdagi xavflilik darajasi yuqori bo`lmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklarasiyalash yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunda, muvofiqlikni deklarasiyalash texnik reglament talablari asosida mahsulotning to`liq sinovlari o`tkazilgandan so`ng, ijobiy sinov natijalariga ko`ra tuziladigan sinov bayonnomalari asosida muvofiqlik sertifikati berilmagan holda amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar