AsosiyJamiyat

1 iyuldan boshlab fuqarolarga STIR berish bekor qilinadi

'1 iyuldan boshlab fuqarolarga STIR berish bekor qilinadi'ning rasmi

2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq to`lovchining identifikasiya raqami (STIR)ni berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatilishi bekor qilinadi.   

Soliq organlarida soliq to`lovchilar hisobi 2021 yil 1 iyuldan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (PINFL-JShShIR) yordamida amalga oshiriladi.  

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko`rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.  

(O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son Farmoni). 

    Boshqa yangiliklar