AsosiyJamiyat

Toshkentda buxorolik yigit “Lacetti”da 35 yoshli fuqaroni urib yubordi. Piyoda shifoxonada vafot etdi

'Toshkentda buxorolik yigit “Lacetti”da 35 yoshli fuqaroni urib yubordi. Piyoda shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 1 iyun kuni taxminan soat 22.40 da Olmazor tumani A. Qodiriy ko`chasida Buxoro viloyatilik 1996 yilda tug`ilgan Shamshod Q. ishonchnoma asosida “Lacetti” (davlat raqami 80 Q 454 DA) avtomobilini boshqarish davomida yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tmoqchi bo`lgan piyodani urib yuborgan. Bu xaqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
YTH oqibatida piyoda – 1986 yida tug`ilgan Andijon viloyatilik Abror M. badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildi. Tibbiyot xodimlarining sa`y-harakatlariga qaramasdan, joriy yilning 2 iyun kuni Abror M. hayotdan ko`z yumdi. 
Mazkur fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

Tergov olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar