AsosiyJamiyat

"Siz mobodo TikTokchi emasmisiz?" –"Siz mobodo TikTokchi emasmisiz?" – Andijonda IIB xodimining xizmat mashinasini haydagan tiktoker va inspektorga chora ko‘rildi

'"Siz mobodo TikTokchi emasmisiz?" –"Siz mobodo TikTokchi emasmisiz?" – Andijonda IIB xodimining xizmat mashinasini haydagan tiktoker va inspektorga chora ko‘rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Siz mobodo TikTokchi emasmisiz?" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi izoh berdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 6 iyun kuni Andijon viloyati, Marhamat tumani IIB YHXG katta inspektori O.Karimov tushlik vaqtida "Lasetti" rusumli, 60 531 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilni yuvdirib olish uchun YHXG binosi yaqinida joylashgan avtomobillar yuvish shaxobchasiga olib kirgan. Avtomashinalarni yuvish bilan shug`ullanuvchi 2002 yilda tug`ilgan fuqaro N.A. xizmat avtomobilini shaxobcha hududida boshqarib yurganligi holati tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. Holat o`rganilib, YHXG katta inspektori O.Karimov va fuqaro N.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 135-moddasi 2-qismi tartibida bayonnoma tuzildi.  

️"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",– deyiladi YHXBB xabarida

Boshqa yangiliklar