Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, "Cobalt", "Malibu" hamda "Hyundai" rusumli avtomobillar to`qnashuvi yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.
Joriy yilning 5 iyun kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Hirmontepa va Qibray ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan K.M. boshqaruvidagi "Cobalt", haydovchi, 1965 yilda tug`ilgan A.K. boshqaruvidagi "Malibu" hamda haydovchi, 1978 yilda tug`ilgan N.S. boshqaruvida bo`lgan "Hyundai" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Natijada, haydovchi K.M. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






