AsosiyJamiyat

Majburiy mehnatdan qochib, ikki oyog`idan ajralgan fuqaroga yordam ko`rsatildi

'Majburiy mehnatdan qochib, ikki oyog`idan ajralgan fuqaroga yordam ko`rsatildi'ning rasmi

Asli samarqandlik A.N oilaviy sharoiti og`irligi sababli 2007 yilda Rossiyaga ishlagini boradi. 2020 yilga A.N qurilish ob`ektida majburlab ishlatiladi. Majburiy mehnatdan qochish maqsadida qurilish ob`ekti atrofidagi o`rmonzorga yashirinishga majbur bo`ladi. O`rmonzorda adashib, bir necha kun sovuqda qolib ketishi natijasida ikki oyog`idan ajraladi.

Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi, mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida fuqaroga birlamchi tibbiy yordam olishi uchun ko`maklashildi, "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berildi. Homiylarning moliyaviy ko`magida 6 iyun kuni Sankt-Peterburg-Samarqand aviareysi orqali O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, Samarqand viloyatidan Sh.N va M.S lar pandemiya sharoitida ish topolmay, pulsiz qiyin ahvolda qolgan.

Ushbu fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Sankt-Peterburgdan Samarqandga olib kelindi.

    Boshqa yangiliklar