1

HAMShIRA KUNDALIGI: O`limni ko`rib yig`laysanu, ammo niqob ko`z yoshlarini yashiradi

Mutolaa 27.06.2020, 22:39
HAMShIRA KUNDALIGI: O`limni ko`rib yig`laysanu, ammo niqob ko`z yoshlarini yashiradi

Birinchi qismda asli kelib chiqishi rossiyalik bo`lgan italyan hamshirasi korona-gospitaldagi og`ir mehnati haqida gapirib bergan edi: hatto suv ichishga navbatchilik paytida faqat bir marotaba ruxsat berilar ekan. Ammo bundan ham yomoni hali oldinda edi — uning qo`lida hayotni sevadigan bemor vafot etadi.

II qism

Birinchi qismda asli kelib chiqishi rossiyalik bo`lgan italyan hamshirasi korona-gospitaldagi og`ir mehnati haqida gapirib bergan edi: hatto suv ichishga navbatchilik paytida faqat bir marotaba ruxsat berilar ekan. Ammo bundan ham yomoni hali oldinda edi — uning qo`lida hayotni sevadigan bemor vafot etadi.

Oltinchi kun (24 mart)

Bu adolatdan emas! Bahor kelgan bo`lsa? Ko`chada esa 0 daraja? To`g`ri, hozir soat ertalabki 6, buni tushunaman, ammo bundan bir necha kun oldin havo harorati 20 daraja edi-ku... Xuddi mayning yangi atirguli singari tiniqib dam oldim. Soat 5:30da uyg`onib, ishga otlandim.

Shu joyida Breshia meriyasidan minnatdor bo`lib ketaman. Chunki u bizga iloji boricha shifoxonaga yaqinroq erdan uchun xonalar qilib berdi. Meni yana hayratda qoldiradigan bir jihat bor edi, bu ishga ketayotganimda meriyaning kuzatuv qo`ng`iroqlari ovozi edi. Eng ta`sir qiladigani har bir qo`ng`iroq jarangiga “Rahmat” degan so`z ham jo`r qilinardi. Bu juda ta`sirli so`z edi. Qaniydi ularda imkon bo`lsa, hamshiralarni boshlarida ko`tarib yurishlarini ham yaxshi bilaman. Demak, bugun juft bo`lib ishlashimning oxirgi kuni. Hech narsani o`tkazib yubormaslikka, esdan chiqarmaslikka harakat qilaman(Jin ursin! Doim esimdan chiqarib qo`yaman o`zi!)

Navbatchiligim unchalik yomon o`tmadi, mazmunli bo`ldi. Men tushlik uchun talon sotib olganim olgandim. Ammo birortasini ishlatmagan edi. Har kuni shifoxonaga restoranlardan katta qutilarda taomlar yuboriladi! Ularning qadoqlarida “Hammasi yaxshi bo`ladi”, “Rahmat”, “Siz bizning qalbimizdasiz” degan so`zlar yozilgan, yurakchalarning rasmlari tushirilgan bo`ladi... Bularni ko`rganimda o`zimni tuta olmayman. Pissa, shokolad, mevalar. Hammasini eb qo`yging keladi. Ammo deyarli hech narsa emadim, chunki o`zimga o`zim ozishga so`z berganman. Navbatchilik grafigi e`lon qilindi. Menga ketma-ket tongi soat uch to`g`ri keldi, nailoj!

Ettinchi kun(25 mart)

Kelganimga bir hafta bo`ldi. Vaqtni tez o`tishini qarang. Pezaro shahridan qo`ng`iroq qilishdi: Bizga volontyor hamshira bo`lib ishlash haqida ariza yo`llagan ekansizmi? Keling! Men: bir haftadan buyon Breshiada ishlayapman. Ular: Afsus. Va go`shakni ilib qo`yishdi. Men ularga 2 hafta oldin yozgandim axir! Nahotki o`shandan buyon Pezaroda bemorlar yanada ko`payib, hamshiralar etishmayotgan bo`lsa? Bugun bo`linmamizga juda mashhur pulmonolog-shifokor tashrif buyurdi. Doktorlar yig`di, biz ham saf tortdik va uning har bir so`zlarini eslab qoldik.

— Bunday tashxisdagi bemorlarni har qanday vaziyatda ham chalqancha yotqizmaslik kerak! Yoki o`tirgan holda yo yoniga yotgan yotgan holda bo`lish kerak. Ayniqsa, skafandrda 100 foiz kislorod berilayotgan o`ta og`ir ahvoldagi kasallarni.

Gap shundaki, kislorod o`pkangizga beixtiyor kiradi, u erdagi bosim(va shovqin) esa — dahshatning o`zginasi. Shunday paytda ko`krak qafasi ochilib, ichkariga kislorodni o`tkazadi. Agar bemor yotgan bo`lsa, uning ko`krak qafasi yopilgan bo`ladi!

Doktorning aytishicha, bunday metodika bilan bemor 5-6 kunda og`ir ahvoldan chiqadi. Shundan so`ng sog`ayishga ko`p vaqt ketsa-da, ammo hayot xavfdan xoli bo`ladi. Bo`linmamizda bunday skafandrlar soni 6 ta, bir hafta oldin esa 2 ta edi. Ammo bemorlarda bu shovqin va qamalishdan tomi ketishni boshlaydi! Ular asabiy va to`polonchi bo`lib qolishadi. Bu borada faqat sabr qilish kerak. Ular ham va biz ham.

Bugun o`zim ishladim! Hammasi yaxshi bo`ldi! O`zim rioya etgan ish rejasi ham qo`l keldi. Birinchi kunlari meni doim tergashardi. Nimadir qilayotgan bo`lsam, darhol uni to`xtatib, darhol boshqa ishga kirishishimni aytishardi, keyin esa nega hali ham birinchi boshlagan ishimni haliyam tugatmaganimni so`rashardi. Oyoq taglari yonyapti! Bir kunda necha kilometrni yugurib bosib o`taman bilmayman, ammo uyga sudralib etib boraman. Ertaga yana birinchi smenga turaman...

Sakkizinchi kun(26 mart)

Bugun ertalabki navbatchilikda ishlayotgan uchinchi(va oxirgi) kunim. Erta tong soat 5:30da uyg`onish juda og`ir! Ertaga va indinga tushlikdan keyin ishlayman. Keyin esa meni butun bir 2 ta dam olish kuni kutib turibdi!!! 9 kunlik ishdan keyin! Bugun shunday qilib kayfiyatimni ko`tardim va ishga yo`l oldim. Ko`chada havo harorati 0. Drrr. Telefonga qadamlarni o`lchaydigan ilovani yuklab oldim. Navbatchilikka etib borishim uchun qancha masofani bosib o`taman? 7,5-8 km!!! Oyoqlarimning taglari nega yonayotganini endi tushundim.

Navbatchilik paytida noodatiy hech narsa ro`y bermadi. Soat millariga qarab, smenim tugashini kutib turganimda, katta hamshira chaqirib, ertaga men ham ertalabdan, ikkita dam olishning bir kunida ham(ertalabdan) ishga chiqishim kerakligini ma`lum qildi. Yo`o`o`o`q, qanday qilib? Axir xursand bo`lib yurgan edim! Nima ham qila olardim! Shu erga kelishga rozi bo`ldimmi, shikoyat qilishga haqqim yo`q.

Yaxshi tomonlari ham bor: supermarketlarga beyjik bo`lgan paytda tibbiyot xodimlari navbatsiz kira olishadi, kassirchilar esa tabassum bilan, qo`llarini ko`ksiga rahmat aytishadi. Polisiya yana o`sha beyjikimiz bo`lganda, to`lib qolgan “ko`chaga chiqish uchun ruxsatnoma”ni so`ramaydi. Yaxshi kuzatib qo`yishadi, bu yoqimli!

To`qqizinchi kun(27 mart)

Va nihoyat bugungi kun haqida yozish uchun o`zimda kuch topa oldim... Hikoya oldingilari kabi xursandchiliklar va optimizmga to`la bo`lmaydi. Biz mashinalar emasmiz, biz odamlarmiz. Qachonki sportchi g`alaba qozonganda, uning jarohatlari va og`riqlari esidan chiqib ketadi, mag`lubiyatga uchraganda esa butun borlig`i og`riyotgandek bo`ladi. Bizda ham shunday: qachonki biz bemorning ahvoli yaxshilanayotgani/tuzalayotganini ko`rsak, barcha charchoqlarimiz o`rnini shodlik egallaydi. Agar navbatchilik bugundagidek o`tsa...

Oldingi postlarimda o`lim mavzusiga to`xtalib o`tmagan edim. Ammo bunday holat ro`y bergandi. Ammo bugungi o`lim meni ado qildi. U 75 yoshli ayol edi. Taqinchoqlar, chiroyli soat taqib yurardi. Qandaydir baxtsiz va kambag`al kampir emasdi u. Bu ayol bizga kelganda hazillashar, TV tomosha qilar edi. Keyin uni skafandrga joylashtirishdi. Doim proseduralar o`zi uchun qulay o`tayotganini bildirish uchun bosh barmog`ini ko`tarib qo`yardi. Lekin uning ahvoli kundan kunga yomonlashar edi. Bugun birdan keskin yomonlashdi. U endi javob bermas, nafas olishi og`irlashib borardi. Reanimatologni chaqirishdi. U qo`llarini tushirib, skafandrni echib, niqob kiydirib qo`yishni maslahat berdi. U umrining oxirgi soatlarini skafandrda noqulay yotib, azobda o`tkazmasligi uchun shunday qilish kerakligini aytdi. Keyin unga morfin berdi-da, chiqib ketdi. Shundan so`ng keksa ayol rostdan ham bo`shashdi va nafas olishi ham engillashdi. Bir soatdan keyin u ham ketdi. Faqat butun umrga. Bu navbatchilikning oxirida ro`y berdi.

Menda hatto besh daqiqalik tanaffus uchun ham vaqt bo`lmadi, ish tugashini kutdim va kiyinish xonasiga otilib chiqdim. Ko`z yoshlarim tinmasdi va niqob ortida oqib yotardi, hech kim holatimni ko`rmasdi. Mashinagacha etib borib o`tirishim bilan, tuyg`ularimga erk berdi.

Bu bemordan tashqari bizda yana biri bor, u unchalik keksa emas, ammo qandli diabeti va semirishi bor. Uni zudlik bilan intubasiya(nafas yo`llari o`tkazuvchanligini ta`minlash uchun traxeyaga nay kiritiladi) qilish kerak. Intubasiyani esa jonlantirish bo`limida qilish kerak, u erda esa joy yo`q. Nafaqat bizning shifoxonada. Butun Lombardiyada joy yo`q! Birorta! Yaxshilanish haqida qanday gap bo`lishi mumkin??? Bu haqda gapirish qanchalik achinarli bo`lmasin, yaqin haftalar ichida bunday bo`lmaydi.

O`ninchi kun(28 mart)

Bellar og`riyapti, oyoqlar zirqirayapti, ko`zlar shishib ketgan, hatto dam olish kunlaridayam ular yo`q bo`lishga ulgurmayapti... Bugun vrachlarimizdan biri karantinga ketgani haqida bilib qoldim. Uning testi virus mavjudligini ko`rsatibdi. Doim uni ko`rib turardim va hayron qolardim. Goh maskasiz yurar, goh himoyasiz. Shunday paytlarda virus u darajada xavfli emasdek tuyulaverardi.

Bugun hamma narsa joyiga tushdi. Yaxshi yangilik bor: men kecha yozgan bemor uchun reanimasiyada joy topildi. Uni shu erda intubasiya qilishdi, keyin “Tez yordam”da Milanga olib ketishdi, o`sha yorda unga yordam berishlari mumkin! Hozir uning imkoniyati bor. Yomon xabar ham bor: bemorlarimizdan birining ahvoli yomonlashdi. Bobo...

Boshqasini olib kelishdi. U kislorod darajasini umuman ushlab olmaydi, arzimagan harakat qilganda, nafasi qisilib qolishni boshlaydi. Uni skafandrga joylashtirishga qaror qildik. Reanimatologni chaqiramiz. Vazifa: uni avvaliga iloji boricha kislorodga to`yintiramiz. Bu skafandrni kiydirganimizda uning darajasi tushib ketmasligi uchun kerak.

Ishlayapmiz: ikki vrach, ikki hamshira. Hammasi yaxshi o`tdi, bir soatdan so`ng otaxon yaxshi nafas ola boshladi. Bemorlarni ko`rishga kelish taqiqlangan, shifokorlarning o`zlari har kuni ularning qarindoshlariga qo`ng`iroq qilib, barcha o`zgarishlar haqida aytib turishadi. Biroq bugun shifokorlar bunday qilishga ulgurishmadi va soat 16-17lardan keyin qo`ng`iroq qilishadi.

Xavotirga tushgan qarindoshlar esa telefonlarni tinch qo`yishmaydi. Sababi ularning har biri unga yomon sabab, kamida ahvol yomonlashuvi sababli telefon qilishmadi, deb hisoblaydi. Bugun skafandrga solgan bobomizning turmush o`rtog`i telefon qildi. Yig`laydi: telefon qarshisida 3 soat o`tiraman, bu azob, nimadir deyishim kerak. Erining ahvoli barqaror ekanligi va unga qo`ng`iroq qilishini aytaman. Buvi esa baxtli! Boshqa o`zgarishlar bo`lmadi, bu endi yaxshi.

O`n birinchi kun(29 mart)

Nihoyat uzoq kutilgan dam olish kunlari berishdi! Kuch yig`ish, ertaga to`liq formada bo`lish uchun kun bo`yi uxlayman! Ancha yaxshiman. Oyoqlar og`rishdan to`xtadi, undagi shishlar ko`rinmas darajada kichraydi. Kecha karavotga o`zimni otdim va hech kim bilan gaplashmadim. Hamma narsaga qo`l siltashni istadim ham! Charchoqdan bezib ketgandim. Tajriba va yosh esa dam ol va ertaga hammasi yaxshi bo`ladi derdi. Shunday bo`ldi ham. Bashorat qilishdan qo`rqamanu, bugun derazamning tagidan sirenani yoqib o`tgan “tez yordam” mashinalari ancha kam o`tdi. Shundaymikan — yoki ular boshqa yo`ldan ketdimikan? Yuqori nuqtadan o`tib, burilish payti kelishiga shu qadar ishonishni istaymanki! Juda bo`lmaganda, birinchi kirib kelgan hududlarda.

O`n ikkinchi kun(30 mart)

Esingizdami, skafandr odamni aqldan ozishi haqida aytgandim. Mana sizga misol! Bizning boboy xuddi momaqaymoq kabi beozor edi. Bugun ertalab uning oldiga kirganimda esa, u tashqariga chiqish uchun, hamma narsani echib yotgan ekan. Yana bir safar uning qo`shnisi trevoga tugmasini bosdi. Kelib qarasam, skafandr to`liq echilgan, venadagi barcha tomizgichlar olib tashlangan, boboyning o`zi esa turib, karavotning chetiga kelib qolibdi! Qon oqib yotar, otaxon esa halloslab borardi. Sarosimaga tushib qoldim, nima qilish kerak? Avvaliga skafandrni kiydirish kerak, yo`qsa, bo`g`ilib qoladi. Keyin qonni to`xtatamiz. Keyin boboni yuvintirib, qayta kiyintiramiz, so`ng o`zim ham kiyimimni to`liq almashtiraman. Keyin yana tomizgich qo`yamiz. Butun bo`linmaning ishi bir soatga to`xtab qoldi.

Endi qiziq voqeaga o`tamiz. Bir hafta oldin kvartiramizga kelgan boshqa volontyor qiz bilan tanisha olmayotganim haqida gapirgan edimmi? U bilan bugun tanishdim... U bilan bitta bo`linmada ishlayotgan bo`lib chiqdik. Hafta oxirida esa yana bittasi keladi.

Davomi bor...

Risolat MAXSIMOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1