AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

Soha mutahassislarining xabar berishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi.

Ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja issiq, janubda ba`zi joylarda 41-43 daraja issiq bo`ladi.

Poytaxtda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-37 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar