AsosiyJamiyat

“Turk havo yo`llari” Istanbuldan Farg`onaga ilk parvozini amalga oshirdi

'“Turk havo yo`llari” Istanbuldan Farg`onaga ilk parvozini amalga oshirdi'ning rasmi

Bugun 8 iyun kuni “Turk havo yo`llari” aviakompaniyasi Istanbuldan Farg`onaga ilk parvozini amalga oshirdi. Istanbuldan 165 nafar yo`lovchi bilan Farg`ona xalqaro aeroportiga kelib qo`ngan samolyot tantana bilan kutib olindi.

Dunyodagi eng yirik avikompaniyalardan biri, jahonning 120 dan ziyod davlatlariga, 300 ortiq aeroportlarga charter va muntazam reyslarni amalga oshirib kelayotgan “Turk havo yo`llari” samolyotlari haftaning seshanba va juma kunlari Istanbul-Farg`ona-Istanbul yo`nalishida qatnovlarni amalga oshiradi.

Eslatib o`tamiz, “O`zaviasiya” agentligi tomonidan 2021 yil 15 aprelda Turkiya Respublikasining "Turkish Airlines" aviakompaniyasiga Istanbul-Urganch-Istanbul va Istanbul-Farg`ona-Istanbul yo`nalishlarida O`zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan.

    Boshqa yangiliklar