Hukumat qarori bilan Respublika ko`chmas mulk ob`ektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg`araz berish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot ma`lum qildi.
Nizomga ko`ra, respublika ko`chmas mulk ob`ektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo`lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan ob`ektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg`araz beriladi.
Respublika ko`chmas mulk ob`ekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo`lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan ob`ekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.
Shuningdek, respublika ko`chmas mulk ob`ekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg`araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
respublika ko`chmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg`araz berilishi to`g`risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig`i nusxasi (agar mavjud bo`lsa);
manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika
ko`chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg`araz berish to`g`risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).
Mazkur murojaatlarda respublika ko`chmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan ob`ekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko`rsatilishi shart;
respublika ko`chmas mulk ob`ekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;
ob`ektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.






