O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari polkovnik B.T.Abdullaev hamda O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi o`rinbosari Sh.T.Rizaevlar tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Joriy yilning 8 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Kinematografiya agentligi bilan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etiishga qaratilgan ibratli qisqa videoroliklar va badiiy filmlarni muntazam ravishda suratga olish jarayonini yo`lga qo`yish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo`yicha Memorandum imzolandi.
Suhbat davomida, aholi orasida huquq-tartibotni saqlash, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish shuningdek, huquqbuzarliklarni sodir etilish sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, aholining bilim va dunyo qarashini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan hamkorlik munasabatlari kelishib olindi. Huqubuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi boshlig`i zimmasiga profilaktika xizmatining barcha qilingan ishlar Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda film ishlab chiqish topshirig`i yuklatildi.






