AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan ayrim mahsulotlar uchun "muvofiqlikni deklarasiyalash" yo`lga qo`yiladi

'1 sentyabrdan ayrim mahsulotlar uchun "muvofiqlikni deklarasiyalash" yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Prezident qaroriga muvofiq Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O`zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga qo`shimcha vakolatlar berildi.

Jumladan, mutasaddi idoralar tomonidan xalqaro standartlar va texnik reglamentlarning jadal joriy etilishini muvofiqlashtirib borish, mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarni buzganlikda aybdor bo`lgan tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), sotuvchilar va ijrochilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo`llash bo`yicha sudga murojaat qilish, korxonalarda texnik reglament va standartlar talablariga rioya etmaganlik uchun korxona va tarmoq rahbarlariga taqdimnomalar kiritish, texnik reglamentlar, standartlar va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar to`g`risidagi ma`lumotlarni umumlashtirish va reestrini yuritish shular jumlasidan.

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab ayrim turdagi xavflilik darajasi yuqori bo`lmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklarasiyalash yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunda, muvofiqlikni deklarasiyalash texnik reglament talablari asosida mahsulot to`liq sinovdan o`tkazilganidan so`ng, ijobiy natijalarga ko`ra tuziladigan sinov bayonnomalari asosida muvofiqlik sertifikati berilmagan holda amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar