AsosiyJamiyat

Toshkentda "Spark" yonib ketdi (video)

'Toshkentda "Spark" yonib ketdi (video)'ning rasmi

Kecha, 8 iyun kuni soat 22:45 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani "Qorasuv-6" dahasida, haydovchi I.R. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu hududda joylashgan "Makro" supermarketi yaqiniga etgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv bo`layotganligini payqagan va transport vositasini to`xtatgan. Qisqa tutashuvdan so`ng avtomobilda yong`in yuzaga kelgan, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati. 

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Avtomobilga zarar etgan.  

Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mazkur hodisa yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablari o`rganilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar