AsosiyJamiyat

Namuna: Samarqandning ikki qishlog`i orasidagi 2-3 km.lik chiqindizor Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hashar qilib, tozalandi

'Namuna: Samarqandning ikki qishlog`i orasidagi 2-3 km.lik chiqindizor Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hashar qilib, tozalandi'ning rasmi

Bugun global masala nima deb savol berishsa albatta o`ylanib qolamiz.Olimlarning aytishicha oddiy plastik idish yoki mahsulot erda chirishi uchun 50 yildan 500 yilgacha vaqt kerak bo`lar ekan. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, har yili 300 million tonnadan ortiq plastik chiqindi Er sayyorasini ifloslantiradi.

Sizga plastik mahsulotlarning erda chirish muddatlarini eslatib o`tamiz.

  • Oziq-ovqat chiqindisi – 4-6 haftada
  • Karton va turli xildagi qog`ozlar – 1 oydan 2 yilgacha
  • Sigaret qoldig`i – 10 yildan 20 yilgacha
  • Plastik paket – 10 yildan 20 yilgacha
  • Plastik stakan – 50 yil
  • Batareya – 100 yil
  • Alyuminiy banka – 80 yildan 200 yilgacha
  • Plastik baklashka – 450 yil
  • Bir martalik taglik, ya`ni pampers – 550 yil
  • Shisha – 1 million yil yoki umuman chirimaydi.

Uzoqqa bormaymiz, Samarqand tumanining so`lim go`shalaridan hisoblangan Ohalik hududiga nazar tashlaymiz. Hamma joy chiqindiga to`la. Ohalik va Oqbo`yra qishlolari hududida fuqarolar dam olishi uchun turli ko`ngilochar maskanlar bunyod etilgan. Ushbu dam olish maskanlarida yoz faslida hordiq chiqaruvchilar soni keskin ko`payadi. Ayrim insonlar shaharning issiq iqlimidan qochib, bu erdagi so`lim go`shalarda miriqib hordiq chiqarishadi.

O`zimiz yashab turgan atrof-muhitni toza va ozoda saqlash har birimizning mas`uliyatli vazifamiz hisoblanadi. Samarqand tumanining Ohalik-Oqbo`yra qishloqlari orasidagi mavjud 2-3 km. masofa chiqindilar bilan rosa to`lib toshgan edi. Ichki ishlar hamda Milliy gvardiya xodimlari bu maskanda ommaviy hashar uyushtirib, mazkur hududni toza va orasta maskanga aylantirdi.

Olib borilgan hashar davomida 10 mashinadan ortiq maishiy chiqindilar maxsus transport vositalarida olib chiqib ketildi.   Maydonning xunuk manzara kasb etayotgan joylari esa texnikalar yordamida tekislandi.

Shisha, plasmassa, turli xil sellofan paketlar va shu kabi yillar davomida chirimaydigan chiqindilar erning tarkibini ham, strukturasini ham buzishi tabiiy.

Bir o`ylab ko`raylik: kelajak avlodga nima qoldirayapmiz, qoldirayotgan narsalarimiz o`z sifatini yo`qotmayaptimi. Ona zaminimiz ham bu kabi chiqindilardan og`rinayotgan bo`lsa ne ajab.

Shuni esdan chiqarmangki, kelajakda bu erlarda sizu bizning farzandlarimiz unib-o`sishini va baxtli yashashini yaxshilab o`ylab ko`ring.

Mulohaza yuritishga va bu ishlarni bajarishga hali vaqt bor...

Jahongir Sagdullaev, 

IIB Axborot xizmati boshlig`i

    Boshqa yangiliklar