“Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 avgustdan:
- er uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga – doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan er ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan er uchastkalariga bo`lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;
- ijaraga olingan er uchastkasida qurilgan ko`chmas mulk ob`ektiga mulk huquqi boshqa shaxsga o`tgan taqdirda, er uchastkasiga bo`lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o`tadi;
- qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko`ra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;
- qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizasiya qilinadi;
- davlat tashkilotlariga er uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
- barcha hollarda er uchastkalari faqat bo`sh turgan va zaxiraga olingan erlardan ajratiladi, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning o`zida er uchastkasini olib qo`yish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish er berish tartibini buzish hisoblanadi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo`ladi;
- davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda er uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
- ko`p kvartirali uy joylashgan va unga tutash er uchastkasi, agar ko`p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli bo`lmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.






