AsosiyJamiyat

Toshkentda 39 nafar fuqaroning ijaraga olingan mashinalarini sotib yuborgan firibgarlar qo‘lga olindi

'Toshkentda 39 nafar fuqaroning ijaraga olingan mashinalarini sotib yuborgan firibgarlar qo‘lga olindi'ning rasmi

Sergeli tumanida ijaraga olingan avtomashinalarni sotib yuborgan firibgarlar aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament. 

Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, “M.L.” MChJdan ijara shartnomasiga asosan avtotransport vositasini olgan 39 nafar fuqaroni aldab, go`yoki ular tomonidan to`lovlar o`z vaqtida MChJga kelib tushmayotganligini ma`lum qilib, ulardan avtotransport vositalarini qaytarib olib, MChJ rahbarining xabardorligisiz boshqa shaxslarga sotib yuborishib, jamiyat manfaatlariga 5,3 mlrd so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar