AsosiyJamiyat

Koronavirus: O`zbekistonda bir kunda 199 nafar odamda infeksiya aniqlandi, 300 bemor tuzaldi va ikki kishi vafot etdi

'Koronavirus: O`zbekistonda bir kunda 199 nafar odamda infeksiya aniqlandi, 300 bemor tuzaldi va ikki kishi vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 8 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102362 (+199) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

-4 nafari Andijon viloyatida,

-4 nafari Buxoro viloyatida,

-7 nafari Jizzax viloyatida,

-14 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-2 nafari Navoiy viloyatida,

-2 nafari Namangan viloyatida,

-12 nafari Samarqand viloyatida,

-3 nafari Sirdaryo viloyatida,

-5 nafari Surxondaryo viloyatida,

-3 nafari Farg`ona viloyatida,

-1 nafari Xorazm viloyatida,

-32 nafari Toshkent viloyatida,

-110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

-Buxoro viloyatida 9 nafar,

-Jizzax viloyatida 14 nafar,

-Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,

-Navoiy viloyatida 2 nafar,

-Namangan viloyatida 5 nafar,

-Samarqand viloyatida 23 nafar,

-Sirdaryo viloyatida 23 nafar,

-Surxondaryo viloyatida 3 nafar,

-Farg`ona viloyatida 7 nafar,

-Xorazm viloyatida 7 nafar,

-Toshkent viloyatida 30 nafar,

-Toshkent shahrida 182 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 98445 (+316) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 701 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3216 nafar bemor davolanmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar