AsosiyJamiyat

Andijonda yuk avtomobili yonib ketdi

'Andijonda yuk avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 10:50 larda, Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Sersuv ko`chasida, haydovchi U.A. "Gaz-53" rusumli yuk avtomobilda harakatlanayotib dvigatel qismida qisqa tutashuv bo`layotganligini payqagan va transport vositasini to`xtatgan. Qisqa tutashuvdan so`ng yong`in yuzaga kelgan.

IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko`ra, yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Avtomobilning dvigatel hamda salon qismlariga zarar etgan.  

️Mazkur hodisa yuzasidan Paxtaobod tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablari o`rganilmoqda.  

️Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlari so`ralmoqda. 

    Boshqa yangiliklar