AsosiyJamiyat

2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod er talon-taroj bo`lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan

'2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod er talon-taroj bo`lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Bosh prokuror o`rinbosari Shavkatjon Rahimov ma`lum qildi:

«2 yilda prokurorlarimiz tomonidan 7500 dan ortiq erga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan. Ma`muriy sudlar tomonidan erga oid tuman hokimlarining 2500 dan ortiq qarori bekor qilingan. Erga oid qonunchilik bo`yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda».

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ma`lum qilishicha, uyi snosga tushganlar, harbiylar va boshqa imtiyozli, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga er emas, pul beriladi. Ya`ni imtiyozlar monetizasiya qilinadi, davlat subsidiya beradi.

    Boshqa yangiliklar