AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilayotgan firibgar qoʻlga tushdi

'Qashqadaryoda oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilayotgan firibgar qoʻlga tushdi'ning rasmi

Keyingi paytlarda chet davlatlaridagi oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish istagida yurgan yoshlarni aldab chuv tushirish bilan bog`liq holatlar tez-tez sodir bo`lmoqda.

Jumladan, Qarshi shahar Ravoq MFYda yashovchi F.Q va Muborak tumani A.Navoiy MFYda yashovchi N.D 2021 yil 25 may kuni Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Unda Toshkent shahar Sirg`ali tumani 7-dahasida yashovchi R.D, N.D ga “sizni Qozog`iston Respublikasida joylashgan universitetga o`qishga kiritib qo`yaman, oldin kontrakt to`lovlarini amalga oshirish kerak va o`qishni O`zbekistonga ko`chirib berish uchun xarajatlari bor” deb MChJ hisob raqamiga 2019 yil 30 avgust kuni 3.000.000, 2019 yil 04 oktyabr kuni esa 3.000.000 so`m, jami 6.000.000 so`m pullarni to`lov qildirishga erishadi. Bu kamlik qilgandek, 2020 yil 11 iyun kuni Qarshi shahrida yana 600 AQSh dollarini olgan.

Bundan tashqari, R.D takroran, o`tgan yil 11 iyun kuni F.Q.ni o`g`lini ham Qozog`iston Respublikasida joylashgan universitetga joylashtirib qo`yishga va`da berib, oldin kontrakt to`lovlarini amalga oshirish bahonasida  undan jami 1.400 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar