Bugun Toshkentga Qatar Bosh vazirining o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida O`zbekiston tashqi ishlar, investisiyalar va tashqi savdo vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar bo`lib o`tadi. Tadbirlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O`zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.






