AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Said Ahmad va Saida Zunnunova haqida hujjatli film olinadi

'O`zbekistonda Said Ahmad va Saida Zunnunova haqida hujjatli film olinadi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Sinema Servis” MChJ tomonidan yangi “Said Ahmad va Saida Zunnunova. Sen tomon talpinar yurak” nomli hujjatli film suratga olinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi

Mazkur kinokartina O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad va uning rafiqasi taniqli shoira Saida Zunnunovaning hayoti va ijodiga bag`ishlangan bo`lib, asosan 1950-1955 yillar voqealarini o`z ichiga oladi. Unda sevgi va sadoqat, ma`naviy barkamollik va ezgulikning yovuzlik ustidan g`alaba qozonishi kabi g`oyalar singdirilgan.

Ssenariy mualliflari Gulmira Musajonova, Nodira Saidahmad qizi, rejissyor Hamidulla Boboqulov, operator Jamshid G`aniev, rassom Anastasiya Reyim, grimyor Yulduzxon Qodirova, ovoz operatori Zabixilla Shoxoldorov, film direktori Kamila Matenova, prodyuser Shuhrat Umarov.

Hozirda “Said Ahmad va Saida Zunnunova. Sen tomon talpinar yurak” hujjatli filmining s`yomka jarayonlari uchun tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Boshqa yangiliklar