AsosiyJamiyat

Buxoroda bojxonachilar “avtobus” operasiyasini fosh etishdi

'Buxoroda bojxonachilar “avtobus” operasiyasini fosh etishdi'ning rasmi

 Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan  “G`ijduvon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida yurtimizdagi MChJ nomiga chetdan keltirilgan avtobusni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida qing`irlikka qo`l urilgani aniqlandi.

Gap shundaki, hujjatlarda ushbu texnika 2019 yilda ishlab chiqarilgani qayd etilgan bo`lsa-da, ammo transport vositasi holatining ekspertiza natijalari buni tasdiqlamadi. O`rganishlar davomida ishlab chiqarilgan yilini anglatuvchi VIN raqamlari xalqaro me`yor talablari asosida ishlab chiqarilgan korxona tomonidan urilmaganligi, avtobus 2019 yilda emas aslida 2013 yilda ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Ma`lumotlarni soxtalashtirish orqali yuk egasining bojxona to`lovlaridan qariyb 965 mln. so`m so`mlik imtiyozlarni qo`lga kiritish rejasi naf bermadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda

 

 

Boshqa yangiliklar