AsosiyJamiyat

Maktabning 9–11-sinf o`quvchilarini kasb-hunarga o`qitish tartibi joriy qilinadi

'Maktabning 9–11-sinf o`quvchilarini kasb-hunarga o`qitish tartibi joriy qilinadi'ning rasmi

“Ishchi kasblar bo`yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

➖ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida qo`shimcha ravishda 28 ta kasb-hunarga o`qitish markazlari;  

➖ 864 ta fuqarolar yig`inlarida tikuvchilik, oshpazlik-qandolatchilik, erkaklar va ayollar sartaroshligi, kompyuter savodxonligi, buxgalteriya va tadbirkorlik asoslari bo`yicha mahalla aholisini kasb-hunarga o`qitish maskanlari;

➖ vazirlik va idoralar tasarrufida bo`lgan 18 ta professional ta`lim muassasalarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qisqa muddatli kasb-hunarga, xorijiy tillarga va tadbirkorlik ko`nikmalariga o`qitish kurslari.

Qarorga ko`ra, “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o`qitish markazlari hamda maskanlarning o`qituvchilari va ishlab chiqarish ta`limi ustalari maqomi bo`yicha professional ta`lim muassasalarining o`qituvchilari va ishlab chiqarish ta`limi ustalariga tenglashtiriladi.

Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 9–11-sinf o`quvchilarini asosiy ta`lim jarayonlaridan bo`sh bo`lgan vaqtlarida kasb-hunarga o`qitish tartibi  joriy qilinadi.

Qaror bilan:

● bandlik va mehnat munosabatlari vazirining kasb-hunarga o`qitish va kasbiy malakani rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari lavozimi joriy qilindi;

● Kasb-hunarga o`qitishni tashkil etish va kasbiy malakani rivojlantirish departamenti tuzildi.  

 Shuningdek, “TUMO” kreativ texnologiyalar markazining Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi. 

2022 yil 1 martgacha Filialda yoshlarni veb-ishlanmalar, grafika dizayni, 3D-modellashtirish, raqamli dasturlash, robototexnika, raqamli media, videoo`yinlar yaratish yo`nalishlari bo`yicha o`qitish yo`lga qo`yiladi.

 Bundan tashqari, baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik sohalarida kooperativlar tashkil etiladi.  

2022 yil 1 yanvarga qadar har bir tuman (shahar) sektorida kamida bittadan kooperativlar tashkil etiladi.  

Kooperativlarga a`zo bo`lgan har bir ish bilan band bo`lmagan fuqaro uchun BHMning 15 baravarigacha subsidiya ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar