AsosiyJamiyat

Murod Nazarovning qurilish xujjatlari yuzasidan bildirgan fikrlari asossiz — “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi

'Murod Nazarovning qurilish xujjatlari yuzasidan bildirgan fikrlari asossiz — “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi'ning rasmi

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Murod Nazarovning Tashkent City"dagi qurilish haqida bildirgan fikrlari tarqalgan edi:

«Tashkent City tarkibidagi birorta qurilish tasdiqdan o`tmagan» — Faqat Nest One emas, balki bitgan Hilton mehmonxonasining hujjatlari hozir ham tayyorlanmoqda».

Holat yuzasidan “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi ma`lumot berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3895-son qarori va 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5577 son farmoniga muvofiq “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazi doirasida investorlar loyihalarni “fast-track” usuli (bir  vaqtning o`zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshirishga ruhsat berilgan.

Shuningdek, mazkur ob`ektlarni loyihalashtirishda Evropa ittifoqi, Turkiya, Koreya va Xitoy davlatlarining zamonaviy qurilish normalarini qo`llagan holda ishlab chiqilib, mahalliy qurilish normalariga bosqichma bosqich muvofiqlashtirilgan (adaptasiya) holda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishmoqda.

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazida joylashgan “Xilton” mehmonxonasi va Kongress-xoll markazi 2019 yil dekabr oyida, “Gardens Residence”, “Boulevard” turar joy majmualari tegishlicha 2020-2021 yillarda o`rnatilgan tartibda bosqichma-bosqich davlat qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga qabul qilingan.

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida amalga oshirilayotgan barcha qurilish ishlari Qurilish vazirligi va boshqa mas`ul tashkilotlar tomonidan o`rnatilgan tartibda shaharsozlik normalariga asosan olib borilishi nazoratga oliganligini ma`lum qilamiz.

Shuni alohida eslatib o`tamizki, “Murod Building” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarovning qurilishga ruhsat beruvchi xujjatlar yuzasidan bildirgan fikrlari xaqiqiy holatga to`g`ri kelmaydi va asossiz hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar