Bugun kunduz kuni O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ob-havoning beqarorligida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda shamol changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37.
🔹Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarimda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36° bo`ladi.
🔹Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.






