Kecha, 9 iyun kuni soat 05:30 larda voyaga etmaganlar S.K.(2006 y.t.), S.M.(2007 y.t.) va D.M.(2004 y.t.)lar va fuqaro S.U.(1990 y.t.)ni Qo`ng`irot tumani, “Suo`enli” OFY hududining cho`l qumlik qismida, er ostida bo`lgan suv quvurini qazib olayotgan vaqtida, tuproq o`pirilib bosib qoldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi xabar bermoqda.
Natijada, fuqaro S.U., S.K. va S.M.lar voqea joyida vafot etgan, voyaga etmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qo`ng`irot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`ng`irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Natijasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.






