“Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–6244-son, 09.06.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qilindi.
Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 iyuldan tegishli materiallarni ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
- investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan aylanma mablag`larni to`ldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha, biroq 15 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan miqdorda kafolatlar;
- Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar bo`yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagicha kompensasiyalar:
- milliy valyutadagi kreditlar bo`yicha – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko`p bo`lmagan miqdorda;
- chet el valyutasidagi kreditlar bo`yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi, biroq 4 foiz punktidan ko`p bo`lmagan miqdorda;
- sinov laboratoriyasi uskunalarini sotib olish va xalqaro sifat menejmenti standartlarini joriy etish xarajatlarini qoplash uchun kompensasiyalar.
Farmonga ko`ra, shuningdek:
- 24 ta tuman (shahar)lar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilib, ularda “kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi;
- “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzurida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo`yicha kengash tashkil qilinadi.






