AsosiyJamiyat

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari etakchi ayollar muloqoti homiyligida Xalqaro biznes-forum o`tkaziladi

'Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari etakchi ayollar muloqoti homiyligida Xalqaro biznes-forum o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo etakchi ayollar muloqoti doirasida “Markaziy Osiyo va Afg`onistonda barqaror rivojlanish sari xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida xalqaro forum bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil etiladi.

Afg`oniston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston etakchi va tadbirkor ayollari, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Evropa taraqqiyot va tiklanish banki yuqori darajadagi vakillari va xalqaro ekspertlari ishtirokida tashkil etiladigan tadbir doirasida ishbilarmon ayollar ko`rgazmasi, tematik anjuman va B2B formatida kooperasion birja o`tkaziladi.

Uchrashuvlarda sanoat, xizmat ko`rsatish, turizm, savdo, qishloq xo`jaligi, amaliy san`at, hunarmandchilik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha 400 dan ziyod Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg`onistonlik tadbirkor ayollar o`zaro hamkorlik masalalarini muhokama etishi va tegishli kelishuvlarga erishishi ko`zlangan.

Forumda barqaror rivojlanish sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkor ayollari o`rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan «Yo`l xaritasi» qabul qilinishi ham kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar