O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o`rtasida 100 million AQSh dollarlik loyihani amalga oshirish to`g`risida memorandum imzolandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi yozmoqda.
Mazkur loyiha doirasida maktablarda 7–11-sinflarda STEM yo`nalishida ta`limini rivojlantirishga qaratilgan.
STEM fanlari bo`yicha o`quv dasturlari va darsliklarning amaldagi standartlarini saqlab qolish va takomillashtirish, o`qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish, maktab binolarini ta`mirlash va ta`lim texnologiyalarini rivojlantirish.
Bundan tashqari, loyihada O`zbekistondagi maktablarda o`quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish ko`zda tutilgan.
Loyiha 2020-2022 yillarda O`zbekiston Respublikasi uchun Mamlakat operasiyalarining biznes-rejasi (COBP), hukumatning so`nggi tashabbuslari va O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.






