AsosiyDunyo

Hindistonda kasallanganlar soni 29 million nafardan oshdi

'Hindistonda kasallanganlar soni 29 million nafardan oshdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  

  •  173 million 674 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  
  •  shundan 3 million 744 mingdan ziyod kishi vafot etgan (09.06.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:52 holatiga ko`ra).  

 

 Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 333 823 yangi holati aniqlandi.

  • 8 662 nafar bemor vafot etdi.

 

 Jons Xopkins universitetining hozirgi (10.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  

  •  174 million 425 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  
  •  ulardan 3 million 758 mingdan ortig`i vafot etgan.

 

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  •  AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,056 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  
  •  Ikkinchi o`rinda Hindiston (29,089 milliondan ortiq),  
  •  uchinchi o`rinda Braziliya (16,984 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,615 milliondan ortiq),  
  • beshinchi o`rinda esa Turkiya (5,300 milliondan ortiq).

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 13 739, Hindistonda 92 596, Braziliyada 37 156, Fransiyada 4 700, Turkiyada esa 6 609 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 212 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar