AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir ko`krak nishoni ta`sis etildi

'O`zbekistonda yana bir ko`krak nishoni ta`sis etildi'ning rasmi

Hukumat qarori “Gidrometeorologiya xizmati a`lochisi” ko`krak nishoni ta`sis etildi.

Qarorga ko`ra, mazkur ko`krak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qo`shgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O`zgidromet”) tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari ko`krak nishoni bilan taqdirlash bo`yicha takliflarni har yili 1 aprelga qadar “O`zgidromet”ga taqdim etadi (nomzod haqida ma`lumotnoma, uning so`nggi uch yil davomida sohada amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi).

Ko`krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko`rib chiqish bo`yicha komissiya hujjatlarni o`rganib, har yili 20 aprelga qadar munosib nomzodlar bo`yicha yakuniy xulosa qabul qiladi.   Ko`krak nishoni har yili 7 may – “O`zgidromet” tashkil topgan kun arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

 Taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (980 ming so`m) miqdorida bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti beriladi.

Bir shaxs ko`krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

    Boshqa yangiliklar