1

Buxoroda qishloq xo`jaligi rivojlanishida xotin-qizlarning rolini oshirishga bag`ishlangan seminar-trening ish boshladi

Jamiyat 10.06.2021, 15:44
Teglar: xotin-qizlar
Buxoroda qishloq xo`jaligi rivojlanishida xotin-qizlarning rolini oshirishga bag`ishlangan seminar-trening ish boshladi

   Bugun Buxoro shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO), Qishloq xo`jaligi vazirligi, “Agrar soha ayollari” uyushmasi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasida belgilangan vazifalar,  erkaklar va ayollarning teng huquqlari va imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, ayniqsa, qishloq ayollarining manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda chora-tadbir va echimlar ishlab chiqishga qaratilgan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Seminar mamlakat agrosanoat majmuasi vakillari ishtirokida  «Inklyuziv qishloq xo`jaligi siyosatini amalga oshirishni qo`llab-quvvatlash» loyihasi doirasida o`tkazilib, asosiy e`tibor qishloq xo`jaligida gender yondashuvlarining asoslari, gender masalalariga oid O`zbekiston milliy qonunchiligi, O`zbekiston aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash va qishloq xo`jaligini rivojlantirishda xotin-qizlarning roliga qaratildi.

Qayd etilganidek, mazkur strategiyadagi yo`nalishlar BMTning 2030 yilgacha mo`ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq holda belgilangan.

FAO Qishloq xo`jaligi va mamlakatning agrosanoat kompleksi bilan bog`liq boshqa tashkilotlariga aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, ayniqsa qishloq ayollarining ehtiyoj va manfaatlarini hisobga olgan siyosiy tadbir va echimlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga yordam bermoqda.

Seminar-treningni yuridik fanlari doktori Lola Saidova, xalqaro trenerlar Nigora Gapparova, Gulnora Ishanxanova olib bordilar. Shuni eslatib o`tish joizki, bunday treninglar mamlakatning agrosanoat kompleksi vakillari uchun avval Toshkent va Termezda o`tkazilgan edi.

Seminar ertaga ham o`z ishini davom ettiradi.

Sharhlar

Gavhar Alimova eng muhim masalada jurnalistlardan ko`mak so`radi

27.11.2019, 07:50

 Samarqand viloyati matbuot uyida o`tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida viloyat hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi G.Alimova O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1