Surxondaryo viloyatida Rossiyada tug`ilgan 1 yoshli qizini sotayotgan ayol qo`lga olindi. Bu haqda «Zamon» xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, ichki ishlar organi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda Qiziriq tumanida yashovchi 23 yoshli ayol jarqo`rg`onlik D. ismli ayolga 1 yoshli qiz farzandini sotmoqchi bo`lgani aniqlangan.
Ta`kidlanishicha, ayol Rossiyaning Moskva shahrida tug`ilgan bolani 12 600 000 so`mga pullaganida tadbir xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Shuningdek, ayol chaqaloqni boqishga qiynalgani, uni ota-onasi qabul qilmasligini aytgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






