AsosiyJamiyat

2021 yilning 1 iyulidan boshlab fuqarolarga STIR berilishi to`xtatiladi

'2021 yilning 1 iyulidan boshlab fuqarolarga STIR berilishi to`xtatiladi'ning rasmi

 "Darakchi" muxbirining ma`lum qilishicha, bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Davlat soliq qo`mitasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Komil Sayidov ma`lum qildi.

«Aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to`siqlarni qisqartirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident Farmoniga muvofiq, soliq organlari tomonidan endilikda fuqarolar va soliq to`lovchilarning hisobini yuritish shaxsiy identifikasiya raqami orqali amalga oshiriladi.

Bundan ko`zlangan asosiy maqsad — davlat organlarida fuqarolar haqidagi ma`lumotlarni saqlash va foydalanishda bir xil identifikatordan foydalanish. Ya`ni, IIV pasport seriyasi, soliq organi STIR, kadastr organlari kadastr raqami bilan emas, bitta identifikator orqali kerakli ma`lumotni olishga erishish», — dedi Sayidov.

 

    Boshqa yangiliklar