AsosiyJamiyat

16 yoshga to`lgan fuqarolarga identifikasion kartani berishda elektron raqamli imzo qo`shib beriladi

'16 yoshga to`lgan fuqarolarga identifikasion kartani berishda elektron raqamli imzo qo`shib beriladi'ning rasmi

Bugun, AOKAda 16 yoshga to`lgan shaxslarga ID karta berishda ularni davlat soliq organlarida soliq to`lovchi sifatida hamda jamg`arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo`yish masalalari yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi gazetasi muxbiri xabar berdi. 

IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshqarma boshlig`i Fazliddin Usmonovning ma`lum qilishicha, joriy yildan boshlab 16 yoshga to`lgan fuqarolarga identifikasion kartani berishda elektron raqamli imzo qo`shib beriladi.  

1 iyundan boshlab Davlat soliq qo`mitasi tomonidan berib kelinayotgan soliq to`lovchi identifikasiya raqamlarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqamlari bilan birlashtirish masalasi qo`yilgan bo`lib, bu bo`yicha IIV da bir qancha tadbirlar amalga oshirildi.  

️Jumladan, Ichki ishlarvazirligi Xalq banki va Davlat soliq qo`mitasi bilan hamkorlikda tizimlarni integrasiya qilish, ya`ni ma`lumot almashinuvini jismoniy shaxsning identifikasiya raqami yordamida amalga oshirish yo`lga qo`yildi.  

Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 maydan e`tiboran, fuqaroning tug`ilganlik to`g`risidagi ma`lumotnoma, nikoh qurganligi va boshqa ma`lumotlarni fuqarodan so`ramasdan tizim orqali FXDYo organlaridan olishi mumkin.

Farmon bilan Ichki ishlar vazirligiga bir qator vazifalar yuklatilgan. Jumladan, fuqarollarning manzil ma`lumotlari davlat organlariga elektron tizim orqali taqdim etilmoqda. Bu fuqarolarga ancha engillik tug`diradi, ya`ni ular IIB borib forma 17 yoki forma 16 kabi ma`lumotlarini so`rashlari shart emas.

Boshqa yangiliklar