Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilaridan biror tashkilot yoki korxonadan uch tomonlama shartnoma tasdiqlatib kelishi talab etilayotgani bilan bog`liq holatlar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Oliy Majlis Senati Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi raisi Odiljon Iminov tomonidan mazkur holat yuzasidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga so`rov yuborilgan va ushbu so`rovga vazirlik o`z javobini shu tariqa bildirgan:
“Oliy ta`lim muassasalariga bitiruvchi kurs talabalaridan diplom olish uchun ish beruvchi korxonlardan shartnoma olib kelishi yuzasidan topshiriq berilmagan. Biroq ayrim oliy ta`lim muassasalarida talabalardan ish beruvchi korxonalardan shartnoma talab qilinayotgan holatlar bo`lsa Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “Ishonch” telefonlariga murojaat qilish mumkinligi ma`lum qilingan.
Mazkur masala yuzasidan turli e`tirozlar yuzaga kelmasligi uchun oliy ta`lim muassasalari rahbariyati va mas`ul shaxslar qat`iy ogohlantirilgan”.






