AsosiyJamiyat

44 nafar o`zbekistonlik Tuladagi baliq mahsulotlarini qayta ishlash korxonasiga ishlash uchun yuborildi

'44 nafar o`zbekistonlik Tuladagi baliq mahsulotlarini qayta ishlash korxonasiga ishlash uchun yuborildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish bo`yicha amaliy choralar ko`rilmoqda.

Buning natijasida rossiyalik ish beruvchilar va mas`ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko`plab fuqarolarimiz Rossiya Federasiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati. 

Jumladan, Rossiya Federasiyasining baliq mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “YuJMORRIBFLOT” mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan imzolangan kelishuvga muvofiq, viloyatlarda o`tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, tibbiy ko`riklardan muvaffaqiyatli o`tgan 44 nafar fuqaro bugun Tula viloyatida vaqtincha mehat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent-Moskva aviareysi orqali tashkillashtirilgan holda jo`nab ketdi.

Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.

    Boshqa yangiliklar