AsosiyJamiyat

Erga bo`lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartirilmoqda

'Erga bo`lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartirilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonni qabul qilish maqsadi, unda belgilanayotgan yangi tartiblar bo`yicha OAV va jamoatchilik vakillarini xabardor qilish maqsadida 2021 yil 11 iyun kuni O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan "Er resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va sohada qonuniylikni mustahkamlash - dolzarba vazifa" mavzusida Ochiq muloqot o`tkazildi.

Unda Adliya vaziriligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi rahbariyati va boshqa mutasaddilar hamda OAV xodimlari, blogerlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotda ta`kidlanishicha, mazkur taraxiy Prezident farmonida erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, er ajratish va undan foydalanishda nazoratni kuchaytirishga oid bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Eng muhimi erga bo`lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartirilmoqda. Ya`ni, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilan er ajratish amaliyoti to`liq tugatilmoqda, bunda xususiy sektor uchun – mulk va ijara huquqini, davlat tashkilotlari uchun – doimiy foydalanish huquqini qoldirish nazarda tutildi.

 

    Boshqa yangiliklar