AsosiyJamiyat

Dam olish kunlarini qanday ob-havo ta`sirida o`tkazamiz?

'Dam olish kunlarini qanday ob-havo ta`sirida o`tkazamiz?'ning rasmi

Sinoptiklarning ma`lum  qilishlaricha, bugun O`zbekistonda quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 35-37°ni, Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda 41-43° gacha ni tashkil etadi.

Dam olish kunlari respublika bo`yicha asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat me`yordan 1-2° ga ko`p bo`ladi va 33-36° ni, janubda va cho`l hududlarida 37-40° ni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayadi.

13-16 iyun kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo bashorati bilan tanishing.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 iyunda ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 iyunda ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 iyunda ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

QAShQADARYo VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 iyunda ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo`ladi. 

SURXONDARYo VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 iyunda ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo`ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 iyunda ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 13 va 16 iyunda
30-35°, 14-15 iyunda 28-33° bo`ladi. 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 12-15 iyunda tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 16 iyunda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 iyunda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 22-27° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar