Kecha, 10 iyun kuni tungi soat 22.10 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul yo`nalishida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, olingan xabarga ko`ra ko`rsatilgan manzilga etib borib, Nukus shahri hududi bo`ylab o`tgan “Do`stlik” kanaliga o`zini tashlagan qizni suvdan qutqarib oldilar.
O`z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga etkazilgan ushbu qiz, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Qorako`z tumanida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan fuqaro U.T. ekanligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.






